2-may kuni bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda uzoq muddatli hamkorlik va xususiy sektorni davlat banklarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ipoteka kreditlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari, jumladan, aholi uchun ularning mavjudligi holatini yaxshilash va O‘zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish kompaniyasi orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekistonda “Davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida 20 million dollar miqdoridagi bitim imzolandi.

moliya vazirлиги, опек, Davlat-xususiy sheriklik asosidaги боғчалар

Ta’kidlanishicha, loyiha xususiy sektorga maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bir qator yangi maktabgacha ta’lim muassasalar qurish va modernizatsiya qilish, shu bilan birga, ularga bolalar uchun o‘rinlar sonini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

“Ushbu bitim O‘zbekistonda nafaqat maktabgacha ta’limni rivojlantirishga yordam beradi, balki xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va mamlakatda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadamdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.